Shahobiddin Zoirov bugun professional boksda debyut jangini o'tkazadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 829
Rio Olimpiadasi qahramonlaridan biri, hamyurtimiz Shahobiddin Zoirov bugun professional boksda o'zining debyut jangini o'tkazadi. Yurtdoshimizning mazkur bahsi BAAda tashkil qilinadi.
Zoirov “MTK” promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan. Uning debyut jangdagi raqibi indoneziyalik Entoni Xolt bo'ladi. Ma'lumot uchun, Xolt shu paytgacha 10 ta jang o'tkazgan va ularning 5 tasida g'alaba qozongan. Shuningdek, uning hisobida 4 mag'lubiyat va 1 durang ham bor.
Bo'lajak bahsda yurtdoshimiz ringga quyidagi libosda chiqib keladi.
Kecha jangdan avval matbuot anjumani va vazn o'lchash marosimi ham bo'lib o'tdi. Unda hamyurtimiz 54,88 kg, uning raqibi esa 54,38 kg vaznda, deya qayd etilgan. Bugungi jangda yurtdoshimizga omad tilaymiz.