Antich: «Oltin to'p»ning Modrichga berilishi – bu absurd»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1403
«Atletiko», «Real» va «Barselona» klublari sobiq bosh murabbiyi Radomir Antich xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Modrich — qachondan beri jahonning eng yaxshi pleymeykeri? U faqat jamoaga yordam beradi. Uning "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi va jahonning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olinishi — bu absurd. Mantiqsiz holat.
U golli uzatmalar bermaydi, gollar urmaydi. Jamoaga ko'proq Kevin De Bryuyne yoki Eden Azar kabi futbolchilar kerak», – dedi 70 yoshli murabbiy.
33 yoshli Luka Modrich ushbu mavsumda barcha musobaqalar doirasida 40ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi va 7ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!