100 mln evroga baholangan forvard uchun kurashda "Liverpul" etakchilik qilmoqda

Frankfurtning "Ayntraxt" klubi hujumchisi Ugo Ekitike uchun kurashda "Liverpul" favorit bo'lib turibdi.
23 yoshli futbolchiga "Chelsi", "Manchester Yunayted" va Premer-liganing boshqa grandlari ham qiziqish bildirgan. Insayder Nikolo Skiraning ma'lum qilishicha, ayni damda frantsiyalik futbolchi uchun kurashda "Liverpul" etakchilik qilmoqda. Hujumchining o'zi allaqachon transferga rozilik bergan - u 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolashga tayyor. Klublar muzokaralarni davom ettirmoqda.
Transfermarkt mutaxassislari Ugo Ekitikening narxini 75 mln evroga baholamoqda, ammo "Aytraxt" avval xabar qilinganidek, undan ko'proq - 100 mln evro so'ramoqda. Bundesliganing o'tgan mavsumida futbolchi 33 ta o'yinda 15 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.