Oksana Chusovitina: “Parij-2024 Olimpiadasiga ham tayyorlanaman”
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 87
Ayni kunlarda sport gimnastikasi bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tmoqda. E'tiborlisi unda ishtirok etgan afsonaviy atletimiz Oksana Chusovitina tayanib sakrash dasturida g'alaba qozonib, ushbu yo'nalishda ayni paytda mamlakatimizda tengi yo'q ekanini isbotladi.
Sportchimiz Osiyo o'yinlarining qoldirilgani uning yaqin rejalariga qanday ta'sir o'tkazgani haqida gapirdi.
Odatda men medallarimni sanamayman. Shu bois bu haqida aniq ayta olmayman.
Osiyo o'yinlarining qoldirilishi rejalaringizga qanday ta'sir o'tkazdi?
Bu haqida yaxshilab o'ylab ko'rdim va Osiyo o'yinlaridan so'ng Parij-2024 Olimpiadasiga ham tayyorlanishga qaror qildim!
Ma'lumot uchun, Oksana Chusovitina 8 bor Olimpiya o'yinlarida ishtirok etib, gimnastika tarixi va “Ginnesning rekordlari” kitobiga kiritilgan edi.
Agar u Parij-2024 Olimpiadasida ham ishtirok etadigan bo'lsa, o'z rekordini yaqin davr ichida hech kim yaqinlasha olmaydigan qilib yangilaydi.