Superliga hakamlari uchun shifokor Bobur Abdazov ishtirokida seminar o'tkazildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34
6 fevraldan beri davom etayotgan o'quv-yig'in davomida Superliga hakamlariga tajribali shifokor Bobur Abdazov tomonidan favqulodda holatlarda tez tibbiy yordam ko'rsatish, jarohatlangan insonga qanday holatlarda qay tarzda ko'mak ko'rsatish hamda shaxsiy salomatlik sirlaridan zaruriy tavsiya va ko'nikmalar berildi. Bundan tashqari, seminar davomida bexush yotgan hamda yuragi urishdan to'xtagan insonga qanday yordam berish lozimligi bevosita hakamlarning ishtiroklari bilan amaliy tarzda ko'rsatib berildi.
Shuningdek, kun dasturidan o'rin olgan nazorat uchrashuvlari o'tkazilib, nazariy mashg'ulotlar vaqtida ushbu o'yinlar tahlil qilindi. O'yindagi holatlar yuzasidan instruktorlar tomonidan tushuntirishlar va tegishli tavsiyalar berildi.