O'FA mutaxassislari Astanada bo'lib o'tgan UEFA STEP dasturida ishtirok etishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 50
Qozog'iston poytaxti Astana shahrida UEFA Assist loyihasi doirasida futbol mutaxassislari malakasini oshirishga yo'naltirilgan UEFA STEP Senior Team Executive Programme dasturi bo'yicha o'quv-seminari tashkil etildi.
UEFA STEP dasturi futbol assotsiatsiyalari hamda professional futbol ligalarida faoliyat olib borayotgan etakchilik xislatlariga ega mutaxassislar uchun mo'ljallangan bo'lib, dasturning maqsadi ularga ish faoliyatining barcha yo'nalishlarida Evropa futbolining eng oldi tajribasini o'rtoqlashish va zamonaviy futbol ko'nikmalarini singdirishdan iborat.
7-11 noyabr kunlari Astana shahri mezbonlik qilgan seminarda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi bosh buxgalteri Surayyo Po'latxo'jaeva, Musobaqalar o'tkazish bo'limi boshlig'i Muhammad-Sodiq Sodiq Oxunov va O'zbekiston Professional futbol ligasi Klublarni litsenziyalash va xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Zoxirjon Akramxonov ishtirok etdi.
Seminar davomida futbol tuzilmalari faoliyatini yo'lga qo'yish, strategik boshqaruv, sport tashkilotlari moliyasini yuritish, musobaqalarni o'tkazish, futbol uchrashuvi qaydnomalarini elektronlashtirish, media, marketing va homiylar bilan ishlash kabi mavzularda UEFA akademiyasi mutaxassislari interfaol uslubda ma'ruzalar olib borishdi.