Chiluell JChga bormasligi tasdiqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 46
London klubi matbuot xizmati xabariga ko'ra, "Chelsi" va Angliya terma jamoasi himoyachisi Ben Chiluell jarohati sabab Qatarda bo'lib o'tadigan JCh-2022ni o'tkazib yuboradi.
“Futbolchining sonini skanerdan o'tkazdi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, Chiluell jiddiy jarohat olgan va afsuski, himoyachi jahon chempionatini o'tkazib yuborishi kutilmoqda.
Endi Ben klubning tibbiyot bo'limida reabilitatsiya dasturini boshlaydi", - deyiladi klub bayonotida.
Avvalroq Chiluellga ikkinchi darajali son paylari yorilishi tashxisi qo'yilgani xabar qilingandi. Taxminlarga ko'ra, 25 yoshli himoyachining tiklanishi fevralgacha davom etadi.