"Aston Villa" futbolchisi yarim yilga safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 52
"Aston Villa" futbolchisi jarohati sabab 6 oyni o'tkazib yuboradi.
Himoyachi Diego Karlos Angliya chempionatining "Everton"ga qarshi o'yinida (2:1) jarohat oldi.
Birmingem klubining xabar berishicha, 29 yoshli braziliyalik futbolchining paylari yirtilgan.
Futbolchi jarrohlik amaliyotiga muhtoj bo'ladi, shundan so'ng u reabilitatsiya dasturini boshlaydi. Qayta tiklanish taxminan olti oy davom etishi kutilmoqda.
May oyida “Aston Villa” avvalroq “Sevilya”da o'ynagan Diego Karlosning transferi uchun 30,5 million evro to'lagandi.