Evrokubok uchrashuvlarida muxlislar endi tik turgan holatda ham futbol tomosha qilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 83
Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) 2022/23 yilgi mavsumda Evrokubok uchrashuvlariga tashrif buyuradigan tomoshabinlar uchun tik o'rindiqlardan foydalanish bo'yicha test rejimi dasturini ishga tushirdi.
UEFA rasmiy sayti xabariga ko'ra, dastur Angliya, Germaniya va Frantsiya klublari stadionlarida amalga oshiriladi va guruh bosqichi, pley-off va evrokuboklarning yarim finaligacha bo'lgan davrda o'tkaziladi.
Joriy mavsum yakunida ekspert xulosalari asosida UEFA ma'muriyati dastur natijalarini baholaydi va uni ijroiya qo'mitasiga taqdim etadi va u dastur muddatini uzaytirish bo'yicha qaror qabul qiladi.
Eslatib o'tamiz, Evropa musobaqalari o'yinlarida tik turish taqiqi 1988 yildan beri amal qilib keladi.