"Bavariya" Levandovskining narxini oshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 83
Myunxenning “Bavariya” klubi Robert Levandovski uchun ko'proq pul olmoqchi.
Jurnalist Ramon Salmurri Catalunya Radio telekanalidagi "Tot Costa" dasturida xabar berishicha, 33 yoshli futbolchi uchun Germaniya chempioni bir to'lovda yoki bo'lib-bo'lib 50 million evro olishdan umidvor.
Xabaringiz bor, avvalroq “Barselona” polshalik futbolchi uchun 32 million evro taklif qilgandi.
"Bavariya"ning hujumdagi etakchisi o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 50ta o'yinda 46ta gol urdi.