Rasman! "Bavariya" hujumchisi Bundesliganing boshqa klubiga ko'chib o'tdi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 255
Germaniyaning "Union" jamoasi "Bavariya" hujumchisi Leon Dayaku bilan shartnoma imzoladi.
"Leon mavsum oxiriga qadar jamoamiz sharafini ijara asosida himoya qiladi" - deyiladi berlinliklarning rasmiy bayonotida.
Ma'lumot uchun, 19 yoshli germaniyalik futbolchi "Shtutgart" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Myunxen klubiga 2019 yilda ko'chib o'tgan. Joriy mavsum "Bavariya" tarkibida bitta uchrashuv o'tkazdi.
Eisern, Leon! ✊#fcunion pic.twitter.com/85Gjhc527l
— 1. FC Union Berlin (@fcunion) January 16, 2021