Ana xolos! "Real" o'z safiga Falkaoni qo'shib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 183
Turkiyaning «Galatasaray» klubi hujumchisi Radamel Falkao shu oyda jamoasini o'zgartiradi. Bu haqda Ispaniya matbuoti xabar tarqatmoqda. «Galatasaray» rahbariyati kolumbiyalik futbolchiga o'ziga yangi jamoa izlashi mumkinligi haqida ogohlantirgan.
Qayd etilishicha, «Real» Falkaoning xizmatiga qiziqish bildirmoqda. «Qaymoqranglilar» kolumbiyalik hujumchini Karim Benzemaga o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda.
Joriy mavsum Falkao 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol kiritdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.