Argentina terma jamoasi hujumchisi Shomurodovga raqobatchi bo'lishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 261
Italiya matbuotining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, hamyurtimiz Eldor Shomurodov to'p surayotgan «Jenoa» klubi Adolfo Gaychni o'z safiga qo'shib olish variantlarini ko'rib chiqmoqda. O'z navbatida, Mokvaning TsSKA klubi yaxshiroq taklif tushib qolsa, o'zining to'purar futbolchisini ushlab qolish niyatida emas.
Gaychga Evropaning bir qator klublari qiziqish bildirishmoqda. Argentinalik futbolchini o'z safida ko'rish uchun Turkiyaning bir nechta klublari va Germaniyaning «Union» klublaridan qiziqish bo'lgandi.
TsSKA rahbariyati Gaychning o'yinlaridan qoniqish hosil qilmayapti, chunki 8,5 million evroga sotib olingan argentinalik futbolchi RPLda hali birorta ham gol kirita olmadi.