Parti “Atletiko”dan ketmoqchi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 443
“Atletiko” yarim himoyachisi Tomas Parti jamoadan ketish haqida o'ylamayapti. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.
Manbaning ma'lum qilishicha, futbolchi xizmatiga “Arsenal” jiddiy qiziqib qolgan, biroq futbolchi jamoasini o'zgartirmoqchi emas va “matraschilar” bilan yangi shartnoma imzolashga tayyor.
Ma'lumotlarga ko'ra, “kanoirlar” ganalik futbolchi uchun 50 million evro taklif qilgan.