Mourino “Tottenxem”ga sobiq shogirdini olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 456
“Chelsi” yarim himoyachisi Villian faoliyatini “Tottenxem”da davom ettirishi mumkin.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchining transferini “shporlar” ustozi Joze Mourinoning shaxsan o'zi xohlamoqda.
Ma'lumot uchun, Villianning “ko'klar” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yil yakunida nihoyasiga etadi. U erkin agent sifatida Londonning boshqa klubiga ko'chib o'tishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Villian 33ta o'yinda ishtirok etib, 5ta gol urgan va 5ta golga hammualliflik qilgan.