Manba: «Barselona» Breytueytni sotib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 513
«Leganes» hujumchisi Martin Breytueyt faoliyatini «Barselona»da davom ettiradi.
"Mundo Deportivo" tarqatgan xabarga ko'ra, kataloniyaliklar 28 yoshli futbolchining shartnomasida ko'rsatilgan 18 million evro miqdoridagi tovon pulini to'laydigan bo'lishdi. Manbaga ko'ra, «Barsa» ushbu futbolchi bilan shartnoma imzolagani haqida La ligani xabardor qilgan.
«Barselona» 20 fevral, payshanba kuni Breytueytni klub a'zosi sifatida rasman tanishtirmoqchi. "Ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Kike Seten 22 yanvar, shanba kuni «Eybar»ga qarshi o'yinda daniyalik futbolchini maydonga tushirishni ko'zlamoqda.