«Manchester Siti» Saneni sotishga rozi bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 406
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Leroy Sane faoliyatini "Bavariya"da davom ettirishi mumkin.
"Sky Sports" tarqatgan xabarga ko'ra, "shaharliklar" qo'shimcha daromad olish maqsadida yozgi transfer paytida germaniyalik futbolchini sotishga qaror qilishdi. Avvalroq "Siti" moliyaviy halol o'yin qoidasini buzgani uchun UEFA tomonidan ikki yilga evrokuboklardan chetlatilgan edi.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" o'tgan yilning yozida Saneni sotib olishni maqsad qilgan edi, ammo futbolchi og'ir jarohat olgani bois transfer amalga oshmay qolgan edi.