«Liverpul» Verner transferi bo'yicha kelisha olmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 323
“Liverpul” “Leyptsig” hujuchisi Timo Vernerni o'z safiga qo'shib olishga umid qilmoqda. Biroq hozircha tomonlar kelisha olishmayapti.
Daily Mail xabariga ko'ra, “Liverpul” futbolchining shartnomasida belgilangan 60 million evro tovon pulini to'lashni istamayapti. Vernerning jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha mo'ljallangan. Shu sababli “qizillar” futbolchining transfer narxi pasayishini kutishmoqda.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Verner 22ta o'yinda ishtirok etib, 20ta gol urdi va 6ta golga assistentlik qilgan.