Koutino APLga qaytishi mumkin, unga London klubi qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 698
"Barselona" yarim himoyachisi, ayni damda "Bavariya"da ijara asosida to'p surayotgan Filippe Koutino Angliyaga qaytishi mumkin.
Ma'lumotlarga ko'ra, nemis klubi braziliyalik futbolchini sotib olmoqchi emas. "The Mirror" nashri esa Koutino "Arsenal"ga o'tishi mumkinligi haqida xabar tarqatdi. Ta'kidlash kerakki, futbolchining agenti Kia Jurabchian "kanonirlar"ning muxlisi hisoblanadi va Koutino "Arsenal" a'zosiga aylanishi mumkin.