«Real Madrid» Pogba transferiga Vinisiusni ham qo'shib berishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 574
Madridning “Real” klubi “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba borasida yangi taklif tayyorlamoqda. Bu haqda El Desmarque nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, “qirollik klubi” futbolchi uchun braziliyalik vinger Vinisius Junior va 50 million evro qo'shib berishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, “Real” yozda Pogbani sotib olishga qiziqqan edi, biroq mazkur transfer amalga oshmagan edi.