«Manchester Siti» Dembelega ko'z tikdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 536
"Manchester Siti" rahbariyati "Barselona" hujumchisi Usmon Dembele qo'lga kiritishni istamoqda. Bu haqda El Desmarque xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, "shaharliklar" vakillari 22 yoshli futbolchining agentlari bilan uchrashishga ulgurishdi.
Shuningdek, hujumchiga "Chelsi" va "PSJ" tomonidan qiziqishlar mavjud. Uning transferi 100 million evroga baholanmoqda. Hozircha Dembele navbatdagi jarohatini davolash bilan band.
Usmon 2017 yilda 125 million evro evaziga Dortmundning "Borussiya" klubidan "Barselona"ga o'tgan edi. Uning "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan.