Saloh faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 761
Myunxenning “Bavariya” klubi 2020-yil yozida “Liverpul” etakchisini sotib olishi mumkin, deb yozmoqda AS.
“Bavariya” Saloh uchun PSJ bilan kurash olib borishiga to'g'ri keladi. Boisi parijliklar ham misrlik futbolchini anchadan beri kuzatib kelmoqda.
“Liverpul” o'z etakchisini 200 million evroga baholamoqda. Salohning Mersisayd klubi bilan shartnomasi 2023-yil 30-iyuniga qadar tuzilgan.
Muhammad joriy mavsum “Liverpul” safida Angliya Premyer Ligasining 11 ta o'yinida qatnashib, oltita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.