Ana xolos! «Napoli» 6 nafar asosiy tarkib futbolchisi bilan xayrlashmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1375
“Napoli” prezidenti Aurelio De Laurentis jamoa tarkibini yangilamoqchi. Bu haqida Calciomercato nashri xabar berdi.
Italiyalik tadbirkor 6 nafar asosiy tarkib futbolchisini sotib, ularning o'rnini yangi futbolchilar bilan to'ldirmoqchi.
De Laurentis himoyachilar Kalidu Kulibali, Fauzi G'ulam va Elseid Xyusay, havbek Allan, hujumchilar Lorentso Insine va Dris Mertenslarni sotishga tayyor.