Ivan Rakitich «Milan»ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 693
"Milan" qishki transfer paytida "Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitichni xarid qilishi mumkin. Bu haqda Sport.es xabar tarqatdi.
Xorvatiyalik futbolchi "ko'k-anorranglilar" safida etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotganidan norozi bo'lmoqda. Shuning uchun u tezroq "Kamp Nou"ni tark etish haqida o'ylamoqda. "Barselona" 33 yoshli futbolchini 30 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
Avvalroq, Rakitichga "Inter" va "Atletiko" qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Futbochli ushbu mavsumda 7ta o'yinda maydonga tushib, 1ta golga uzatma berdi.