«Tottenxem» Eriksenni Raboga almashtirishga rozi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 638
“Tottenxem”klubi yarim himoyachisi Kristian Eriksenni “Yuventus” futbolchisi Adrien Raboga alishtirishga tayyor. Bu haqida Calciomercato nashri xabar berdi.
Eriksenning “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilda yakuniga etadi. “Tottenxem” daniyalik futbolchini tekinga qo'yib yubormoqchi emas. Shuning uchun “shporlar” futbolchini qishki transfer oynasida sotib yubormoqchi.