Rasman! «Inter» hujumchisi Angliya klubiga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 543
Milanning “Inter” klubi hujumchisi George Pushkash “Reding”ga o'tdi, deb xabar beradi Angliya klubining rasmiy sayti.
Angliya klubi ruminiyalik forvard bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Transfer esa 8 mln evroga baholandi.
Ma'lumot o'rnida, 23 yoshli futbolchi “Inter”ga 2013 yil kelib qo'shilgan.
O'tgan mavsum Pushkash “Palermo”da ijara asosida o'ynadi va sitsiliyaliklar safida 33 ta o'yinda maydonga tushib 9 ta gol va 3 ta golga assisentlik qildi.