Dibala «Yuventus»ni tark etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1161
“Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin. Bu haqida Sky Sport nashri xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko'ra, argentinalik futbolchi yozgi transfer oynasida jamoasini o'zgartirishi mumkin. Dibala jamoa bosh murabbiyi Mauritsio Sarri bilan gaplashgan va jamoasini o'zgartirishi to'g'risida aytgan.
Ma'lumot uchun futbolchi xizmatiga, “Manchester Yunayted” va “Real” klublari qiziqish bildirmoqda.