«Manchester Siti» himoyachisi «A» Seriya klubiga o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 632
“Manchester Siti” himoyachisi Nikolas Otamendi faoliyatini “A” Seriyada davom ettirishi mumkin.
Football Italia nashrining xabariga ko'ra, 31 yoshli futbolchi xizmatiga “Milan” klubi qiziqib qolgan. Avvalroq, Otamendini “Atletiko” o'z safiga qo'shib olmoqchi edi.
Ma'lumot uchun, Otamendining “shaxarliklar” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil yakuniga etadi. Uning transfer narxi taxminan 25 million evroga baholanmoqda.