«Milan» «Barselona» futbolchisini ijaraga olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 787
Italiyaning “Milan” klubi “Barselona” himoyachisi Jan-Kler Todiboni ijaraga olmoqchi, deya yozmoqda France Football.
Manbaning xabariga ko'ra, kataloniyaliklar ham futbolchini o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun ijaraga berishga tayyor. “Milan” moliyaviy feyr-pley tufayli futbolchini to'liq sotib ola olmaydi.