Turkiya klubi jahon chempioni bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41
Turkiyaning "Konyaspor" klubi yarim himoyachi Stiven N’Zonzi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. 34 yoshli frantsiyalik futbolchi 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
"Konyaspor" safida N’Zonzi 34-raqam ostida harakat qiladi.
Eslatib o'tamiz, so'nggi ikki mavsumda Stiven N’Zonzi Qatarda "Ar-Rayyan" klubida o'ynagan. Endilikda frantsiyalik futbolchi Evropaga qaytmoqda, u avvalroq bir qator klublar, jumladan, "Sevilya" va "Roma" jamoalari o'ynagan.
Eslatib o'tamiz, 2018 yilda Stiven N’Zonzi Frantsiya terma jamoasi tarkibida jahon chempioniga aylangandi.