Koutino Qatar klubi bilan kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42
"Aston Villa" yarim himoyachisi Filippe Koutino Qatarning "Al Duhail" jamoasi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Unga ko'ra, birmingemliklar 31 yoshli braziliyalikning transferiga hali "yashil chiroq" yoqmagani uchun klublar o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.
Yarim himoyachining "Aston Villa" bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi.
Koutino o'tgan mavsumda klub safida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.