"Arsenal" keraksiz futbolchilaridan qutildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36
"Arsenal" ikkita futbolchisi bilan xayrlashadi. Xabarlarga ko'ra, jamoa himoyachisi Kiran Tirni "Real Sosedad"ga ijaraga beriladi. U tez orada Ispaniyaga parvoza qiladi.
Shotlandiya terma jamoasi a'zosi uchun allaqachon tibbiy ko'rik o'tkazish belgilangan. Shuningdek, to'pchilar akademiyasidan chiqqan hujumchi Folarin Balogun "Monako"ga o'tadigan bo'ldi. Uning sotuvidan 40 million evro foyda ko'riladi.
"Arsenal" uning shartnomasiga kelajakda qayta sotib olish shartini ham qo'shib qo'ydi. Shu hafta tugamasdan Balogun yangi jamoasida tanishtiriladi.
Manba: caughtoffside.com