APL klubi futbolchisi Gretsiya chempionatiga ko'chib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38
"Nottingem Forest"ning chap qanot himoyachisi, 25 yoshli Omar Richards joriy mavsumni ijara asosida Gretsiyaning "Olimpiakos" klubida o'tkazadi. Yangi kelgan futbolchini allaqachon Gretsiya top-klubi matbuot xizmati rasman tanishtirdi.
Richards "Fulxem" va "Reding" tarbiyalanuvchisi bo'lib, 2021 yilda "Bavariya"ga qo'shilgan. Bir yil o'tgach, u Premer-liganing "Nottingem Forest" klubi o'yinchisiga aylandi va "o'rmonchilar" bilan uch yillik shartnoma imzoladi.
Transfermarkt futbolchini 5 million evroga baholamoqda.
“Olimpiakos” Grettsiya chempionatining 1-turida start olgan “Panserraykos”ni ishonchli tarzda mag'lub etdi – 2:0.