Doku "Manchester Siti"dagi debyutini yaqin kunlar ichida o'tkazishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
Hujumchi Jeremi Doku Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida "shaharliklar"ning "Sheffild Yunayted"ga qarshi o'yinda "Manchester Siti" safida debyut qilishi mumkin.
Transfer hali rasman e'lon qilinmagan, biroq FPL Raptor nashrining xabariga, Doku "Sheffild Yunayted"ga qarshi bo'lajak o'yinda maydonga tushishi mumkin. Shuningdek, yarim himoyachi Bernardu Silva ham safga qaytishi xabar qilingan.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" Dokuning transferi borasida "Renn" bilan 65 million evroga kelishib olgandi. Belgiyalik yosh futbolchi o'ng qanot yarim himoyachisi pozitsiyasida o'ynagan Riyod Mahrezning o'rnini egallashi kerak.