"Vest Xem" yaqin soatlar ichida yangi transferni e'lon qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
"Shtutgart" himoyachisi Konstantinos Mavropanos "Vest Xem"ga o'tadi, deya xabar bermoqda Football Insider nashri.
Qayd etilishicha, ingliz klubi transferni yaqin 24 soat ichida e'lon qilishni rejalashtirgan. Futbolchi allaqachon tibbiy ko'rikdan o'tgan.
25 yoshli gretsiyalik futbolchi o'tgan mavsumda “Shtutgart” safida 34 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali futbolchini 15 million evroga baholamoqda.