"Arsenal" o'z futbolchisini sotmoqchi, La Liga klubi esa uni ijaraga olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43
"Arsenal" o'zining himoyachisi Kiran Tirnini shu yozda sotmoqchi. Shotlandiyalik futbolchiga "Real Sosedad" qiziqish bildirmoqda, ammo ispan klubi uni faqat bir yillik ijaraga olishga tayyor.
Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, "Arsenal" rahbariyati Tirnini sotmoqchi ekanini ta'kidlamoqda, ammo "Real Sosedad" to'liq transferni amalga oshirish niyatida emas.
Manbaning xabar berishicha, murosaga erishish umidida "Arsenal" va "Real Sosedad" o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.