Usmon Dembele «PSJ» safida tibbiy ko'rikdan o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele yaqin vaqt ichida «PSJ» a'zosiga aylanadi. 26 yoshli futbolchi bugun parijliklar safida tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi.
Frantsiyalik futbolchi ertaga "Pari Sen-Jermen" bilan 5 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Ushbu transfer doirasida «Barselona» 50 million evro oladi. Chunki futbolchining shartnomasida tovon puli sifatida shunday summa belgilangan. Ushbu pulning yarmini Dembelening o'zi va uning agenti olishi kerak.