"Manchester Siti" o'ziga kerakli futbolchining narxini bilib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
"Vest Xem Yunayted" o'z futbolchisi uchun narx belgiladi. Xabarlarga ko'ra, "bolg'achilar" yarim himoyachisi Lukas Paketa uchun qiziqish bildirgan klublar 80 million funt va bonuslar to'lab berishi kerak.
Braziliya terma jamoasi a'zosi evaziga "Manchester Siti" 70 million funt taklif qilib, rad javobi olgandi. Hozir esa hammasi aniq - Gvardiola o'ziga kerakli futbolchi evaziga qancha sarflash kerakligini biladi.
Avvalroq "Vest Xem" "Ayaks" yarim himoyachisi Edson Alvaresni 41 million evroga xarid qilgani haqida xabar qilingandi.
Manba: caughtoffside.com