“Bavariya” Harri Keyn bo'yicha “Tottenhem” bilan kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 47
“Tottenhem” hujumchisi Harri Keyn “Bavariya”ga o'tadigan bo'ldi.
The Athletic nashrining xabariga ko'ra, myunxenliklar hujumchi borasida “Tottenhem” bilan kelishuvga erishdi. “Shporlar” 30 yoshli futbolchi uchun 100 million evro oladigan bo'ldi.
Endi faqatgina futbolchi bilan shaxsiy kelishuvga erishish qoldi.
Keynning “Tottenhem” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda o'z nihoyasiga etadi.
Harri o'tgan mavsum APLda 38 ta o'yin o'tkazib, 30 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.