"Bavariya" "Chelsi" posbonini ijaraga olish ishlarini boshlab yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
Myunxenning “Bavariya” klubi “Chelsi” darvozaboni Kepa Arrisabalagani ijaraga olish ishlarini boshladi.
Jurnalist Florian Plettenbergning so'zlariga ko'ra, tomonlar yaqin kunlar ichida muzokaralar o'tkazishni oldindan belgilab qo'ygan.
Kepaning "Chelsi" bilan shartnomasi tugashiga ikki yil qoldi. Yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar yo'qligini inobatga olgan holda, "ko'klar" futbolchini sotib olish optsiyasi bilan ijaraga qo'yib yuborishi mumkin. Bu klubga haftasiga 200 ming evrodan ortiq maosh oladigan va jamoada eng ko'p maosh oluvchilardan biri bo'lgan Arrisabalaganing maoshini tejash imkonini beradi.
Oldinroq "Chelsi" Kepa o'rniga "Valensiya"dan Giorgi Mamardashvilini sotib olishi mumkinligi xabar qilingandi.