"Chelsi" o'z darvozabonini ijaraga berib yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
Londonning “Chelsi” klubiga qarashli amerikalik 19 yoshli darvozabon Gabriel Slonina faoliyatini Belgiya chempionatida davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali ma'lum qildi.
Darvozabonning yangi klubi "Eypen" bo'ladi. Belgiya klubi Sloninani keyingi mavsum oxirigacha ijaraga oladi.
Eslatib o'tamiz, Gabriel "Chelsi"ga Amerikaning "Chikago Fayr" klubidan o'tgan edi. Darvozabonning "ko'klar" bilan tuzilgan shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali darvozabonning narxini to'qqiz million evroga baholamoqda.