"Barselona"ga Fati bo'yicha 50 million evrolik taklif kelib tushdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
Kataloniyaning "Barselona" klubi shu yozda o'z hujumchisi Ansu Fati uchun nomi oshkor etilmagan klubdan 50 million evrolik taklif oldi.
Sport nashri xabariga ko'ra, ispaniyalik futbolchi bu taklifga quloq solmagan, chunki u "Barselona"da qolishni xohlamoqda.
Manbaning ta'kidlashicha, Ansu hali ham "Kamp Nou"da qolib, asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashishga qaror qilgan. Rahbariyat boshqa kelishuvlarni moliyalash uchun Fatini sotishga qarshi emas, lekin futbolchi ketishdan manfaatdor emas.
Avvalroq Ansu "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. O'tgan mavsumda Fati Ligada 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.