"Brayton" Atomni o'z safiga qo'shib olmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38
Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Leyptsig" markaziy himoyachisi Noel Atom "Brayton"dan kelgan taklifni qabul qildi va shu hafta u bilan shartnoma imzolaydi.
Qayd etilishicha, futbolchiga Premer-liganing yana ikki klubi ham da'vogarlik qilgan.
18 yoshli Atom "Gerta" klubining tarbiyalanuvchisi sanaladi. 2021 yildan beri u "Leyptsig"ning U-17 va U-19 jamoalarida o'ynagan, UEFA Yoshlar ligasida ishtirok etgan. Germaniya U-17 terma jamoasida 6 ta o'yinda maydonga tushgan.