"Roma" futbolchisi "Al-Ahli"ga ko'chib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
"Roma" himoyachisi Rojer Ibanes Saudiyaning "Al-Ahli" klubiga o'tadi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Qayd etilishicha, futbolchi shartnoma imzolagan. Uning uchun "Roma" 28,5 million evro oladi. "Al-Ahli" yana 3 million bonuslar ko'rinishida to'lashi mumkin. Shuningdek, "Roma" futbolchining keyingi sotuvi summasining 20 foizini oladi.
24 yoshli braziliyalik futbolchi Italiya pasportiga ega bo'lib, o'tgan mavsumda "Roma" safida 48 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.
Transfermarkt futbolchini 30 million evroga baholamoqda.