"Liverpul"ning sobiq futbolchisi "Beshiktosh" bilan shartnoma imzolash uchun Turkiyaga etib keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33
Angliyalik yarim himoyachi Aleks Oksleyd-Chemberlen "Beshiktosh" bilan shartnoma imzolash bo'yicha muzokaralarni yakunlash uchun Turkiyaga etib keldi, deya xabar bermoqda Sky Sports nashri.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum oxirida angliyalik futbolchi 6 yil o'ynagan "Liverpul"ni tark etgan edi. Bu vaqt ichida u 157 uchrashuvda 19 ta gol va 14 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Oksleyd-Chemberlen qishki transfer oynasida "Brayton"ga o'tishi mumkin edi.