Rasman! "Arsenal" yangi darvozabon xarid qildi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
Londonning "Arsenal" klubi ispaniyalik darvozabon David Rayya uchun "Brentford"ga 35 million evro to'ladi. Bu haqda Fabritsio Romano o'zining ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.
Manba bergan xabarga ko'ra, "kanonirlar" yangi darvozabon bilan besh yillik shartnoma imzoladi.
Eslatib o'tamiz, Rayya 27 yoshda. "Brentford"da u faoliyatining so'nggi to'rt yili - 2019 yilning yozidan beri o'ynamoqda.
Transfermarkt portali darvozabonni 30 million evroga baholamoqda.