"Chelsi" Nkunkuning o'rniga Vlaxovichni olib kelishni rejalashtirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33
"Chelsi" jarohat olgan Kristofer Nkunkuning o'rniga Dushan Vlaxovichni sotib olishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, shu yozda "Leyptsig"dan "Chelsi"ga o'tgan Nkunku "Borussiya" bilan o'rtoqlik o'yinida tizzasidan jarohat olgandi. Hujumchining tizzasida muammo borligi xabar qilingandi. Nkunku tizzasidan operatsiya qilingan va kamida 4 oy maydonga tusha olmaydi.
ESPN nashri xabariga ko'ra, Nkunkuning jarohati "Chelsi"ning Dushan Vlaxovichga qiziqishini oshirishi mumkin. "Yuventus" hujumchisiga "Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino ham qiziqish bildirmoqda.
Oldinroq Vlaxovich kelishuviga Romelu Lukaku ham kiritilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, ayni damda «Chelsi» va «Yuventus» kelishuvning moliyaviy tomonida kelisha olmayapti. "Chelsi" Lukaku uchun taxminan 46 million evro so'ramoqda, "Yuventus" esa Vlaxovichni 80 million evroga baholamoqda.