"Lokomotiv" futbolchisi Frantsiya chempionatiga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
"Lokomotiv" hujumchisi Vilson Izidor "Marsel"ga o'tishga yaqin turibdi. Bu haqda L'Equipe nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Marsel" hozirda ushbu transfer ustida ishlamoqda, biroq Izidorni qo'lga kiritish uchun Frantsiya klubi hujumkor o'yinchilaridan birini sotishi kerak bo'ladi. Qayd etilishicha, jamoa Jengiz Under yoki Ruslan Malinovskiyni tark etishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Izidor 2022 yilning yanvaridan buyon “Lokomotiv” sharafini himoya qilib kelmoqda. Umuman olganda, 22 yoshli hujumchi “temiryo'lchilar” safida 40 ta o'yin o'tkazib, 19 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portali frantsiyalik futbolchini 6 million evroga baholamoqda.