"Inter" eronlik hujumchi uchun kurashga qo'shilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 57
Milanning "Inter" klubi "Portu" hujumchisi Mehdi Taremini sotib olmoqchi.
Il Corriere dello Sport nashri xabariga ko'ra, eronlik futbolchi "neradzurrilar" ro'yxatidagi variantlardan biri.
Shuningdek, Taremiga avvalroq futbolchini 24 million evroga sotib ololmagan "Tottenxem" ham qiziqmoqda. “Inter” uchun “Arsenal” futbolchisi Folarin Balogun ustuvorroq, biroq uning narxi 50 million evro bo'lganligi sababli, Simone Indzagi boshqa transferga e'tibor qaratmoqchi.
Taremi o'tgan mavsumda Portugaliya chempionatining eng yaxshi to'purari bo'ldi va 33 o'yinda 22 gol va 7 golga assistentlik qildi.