"Liverpul"ning sobiq futbolchisi yaqin 24 soat ichida Turkiyaga etib keladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30
"Liverpul" bilan shartnomasi shu yozda yakuniga etgan yarim himoyachi Aleks Oksleyd-Chemberlen "Beshiktosh"ga o'tishi mumkin.
Sky Sports News nashri xabariga ko'ra, futbolchi yaqin 24 soat ichida Istanbul klubi bilan muzokara o'tkazish uchun Turkiyaga etib kelishi kutilmoqda.
Aleks so'nggi 6 mavsumni "qizillar" tarkibida o'tkazdi. Bu davrda u klub safida 157 ta o'yinda 19 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Jamoa bilan birgalikda Angliya chempioni, mamlakat kubogi sohibi va Chempionlar ligasi g'olibi bo'ldi.